Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan hamkorlikda universitetimizda Onlayn Ma’ruza tashkil qilindi
Joriy yilning 12-mart sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalariga Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan hamkorlikdagi Xalqaro Iqlim Tashabbusi tomonidan moliyalashtirilgan VEGERA xalqaro loyixasi doirasida “Climate Change and Importance of Climate Mitigation” ("Iqlim o'zgarishi va iqlim o'zgarishini bartaraf qilishning ahamiyati") mazusida onlayn ma’ruzasi tashkil qilindi.Mazkur tadbirda fakultet dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilari va universitet talabalari faol ishtirok etishdi. Onlayn ma’ruzada VEGERA va KonKoop loyixalarining Germaniyadagi koordinatorlari Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universitetidan Dilfuza Yuldasheva va Fribourg Universitetidan Nafisa Mirzojamshedzodalarning ingliz tilidagi taqdimotlari tinglandi.Taklif qilingan xalqaro hamkorlarimiz o’zlarining ma’ruzalarida kahhot va menti.com kabi turli interaktiv metodlar, so’rovnomalar va zamonaviy yondashuvlarni moxirlarcha qo’llab, butun ma’ruza qatnashuvchilarini mavzu doirasida o’zlarining fikrlarini aniq va to’liq shaklda ifodalashga muvaffaq bo’lishdi.Shuningdek, tadbirda qatnashuvchilarga universitetimiz qatnashib kelayotgan VEGERA xalqaro loyixasining bosqichlari va amaldagi rejalari haqida ham qisqacha ma’lumot berib o’tildi.
Ushbu tadbirni tashkil qilishda Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul A.Berdimurodov, “Ingliz tili”kafedrasi dotsenti G.Eshchanova yordam berishdi.Ushbu tadbirda Ingliz tili kafedra o’qituvchilari ham faol qatnashishdi.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad fakultet professor-o’qituvchilari va talabalarining taqdimot mavzusi doirasida O’rta Osiyoda Iqlim O’zgarishi, Iqlim o’zgarishida inson omili va bu kabi faoliyatlarda iqtisodiyotning o’rni kabi masalalarda o’zaro fikr almashishdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilardan to’liq javoblar olishdi.
Umid qilamizki, ku kabi xalqaro ma’ruzalar orqali talabalarimizning bilim va tajriba o’rganishlari o’z soxalari bo’yicha dolzarb masalalar yechimiga xalqaro loyixalar orqali ishtiroklari imkoniytalaridan keng foydalanishga va kelgusida Germaniya kabi rivojlangan davlatlarda taxsil olishlarida ham motivatsiya rolini bajaradi.