TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2023

Dunyoning etakchi olimlari tomonidan virtual vebinar

 

15 dekabr kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qishloq va suv xo‘jaligida masofadan zondlash qo‘llash mavzusida virtual vebinar treninglar tashkil etildi.

Bunda professor Prasat Tenkabail va Liana Mladenova masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ma’ruzalar qilib berishdi. Unda AQShning Geologik xizmatining G‘arbiy geografik ilmiy markazi prof.P.Tenkabail dunyoning sug‘oriladigan va yomg‘irli ekin maydonlarida suvni tejash uchun ko‘p datchiklik zondlash masofadan foydalangan holda ekinlarga beriladigan suvning samaradorligini (“bir tomchi uchun ekin” o‘lchash, modellashtirish, xaritalash va monitoring qilish kabi masalalarni yoritib o‘tdi.

AQShning Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) Xorijiy qishloq xo‘jaligi xizmati (FAS) Xalqaro ishlab chiqarishni baholash departamenti (IPAD) dotsenti Liana Mladenova o‘simlik indekslari (NDVI) va ularning  qishloq xo‘jalik ekinlari xususiyatlari bilan bog‘liqligi xususida so‘z yuritdi.

Virtual vebinar dolzarb mavzuga bag‘ishlanganligi bois, juda qizg‘in va muhokamalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.