TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2022

"DubayExpo 2020" dan taassurotlar

Xabaringiz bor “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti gidravlika va muhandislik gidrologiyasi magistranti HydroLeaders jamoasi a’zosi Turdiyev Akbarali Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Technoways" Texnologik rivojlanish marafonida faol ishtirok etib "DubayExpo 2020" ga yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.  Dunyoning 192 ta davlati ishtirok etayotgan ushbu tadbirda, eng so'ngi texnologiyalar, davlatlarning milliy san'ati va taomlari, madaniyati shuningdek, qadimiy milliy boyliklari haqida ma'lumotlar berildi.

Turdiyev Akbarali 6 kun davomida  Dubay shahrida bo’lib, u yerda tashkil etilgan turli xil yarmarkalar, tarixiy obidalar, zamonaviy binolar va rivojlangan davlatlarning madaniyati shuningdek, innovatsion texnologiyalari haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lib qaytdi. Turdiyev Akbarali ushbu ilmiy-innovatsion turistik sayohatni yakunlab kuni kecha O'zbekistonga qaytib keldi.  Shu o’rinda bu kabi yoshlarni qo’llab quvvatlab ularni yanada ko’proq o’qish va izlanishga chorlaydigan tadbirlarni tashkil etgan barcha tashkilotchilarga minnotdorchilik bildirib qolamiz. Turdiyev Akbaralini kelgusi faoliyatida ulkan omad va zafarlar tilaymiz.




 



Universitet matbuot xizmati axboroti