Do'stlik tarannumi
Dunyoda doʻstlik eng aziz neʼmatlardan biri sifatida hisoblanishi bejiz emas. Negaki, bu tuygʻu millati, tili, joylashgan hududidan qatʼi nazar, bashar xalqlarini bir-biri bilan yaqinlashtiradi, ular oʻrtasida maʼnaviy koʻpriklar yaratadi. Davlatimiz rahbarining adabiyotimiz rivojiga koʻrsatayotgan yuksak eʼtibori, “Adabiy doʻstligimiz abadiy doʻstlikka aylansin” degan daʼvatlari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida “Oʻzbek adabiyotining xorijiy doʻstlari kengashi”ni tuzish haqidagi tashabbuslari, shubhasiz, shu olijanob maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Millatlararo Munosabatlar Va Xorijiy Mamlakatlar Bilan Do'stlik Aloqalari Qo'mitasi Turkmanistonning O'zbekistondagi elchixonasi Respublika Turkman Madaniyat Markazi raisi Guldana Avezdurdiyeva taklifiga ko'ra "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova "Maxtumquli ijodi o‘zbek va turkman xalqlarining do'stlik timsoli" mavzusidagi ma'naviy - ma'rifiy tadbirda ishtirok etdi.
Universitet matbuot xizmati