DOLZARB MAVZUDAGI SEMINAR-TRENING
2022 - yilning 16-mart kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Mahallalarda Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 92-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar M.Ulug'bek tumani hokimiyati va Yoshlar ishlari agentligi tuman kengashi bilan hamkorlikda seminar trening tashkil etildi.
Seminar treningdan oldin ishtirokchilar Universitetni va universitetga biriktirilgan shoir O'zbekiston qahramoni, O'zbek xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi muzey bilan yaqindan tanishdilar hamda Universitet Axborot resurs-markazida tashkil etilgan ZAKOVAT turnirining final bosqichini tomosha qilishdi. (ma'lumot uchun ushbu Turnir joriy yil boshidan boshlangan bo'lib unda turli fakultetlardan saralangan 60 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi.)
Seminar treningda M.Ulug'bek tumani hokimiyati va Yoshlar ishlari agentligi tuman kengashi vakillari, mahalla fuqarolari yig'inlari raislari va yoshlar yetakchilari, shuningdek, universitetdan mahallalarga biriktirilgan fakultetlar professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminar-trening Universitet rektori Bahodir Mirzayev tomonidan ochib berildi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Ruzimurat Choriyev tomonidan Qaror bo'yicha mahallalarda qilinadigan ishlar va hamkorlik yuzasidan taqdimoti hamda kelajakda qilinadigan ishlar rejalariga bag'ishlangan taqdimoti tinglandi.
Shuningdek, seminar-treningda mahallalarda yoshlar orasida ko'plab kitobxonlik tadbirlari sport o'yingohlarini foydalanishga topshirilishi universitetda mahalla bilan o'tkazilgan sport tadbirlari hamda intellektual ko'rik - tanlovlar yo'nalishlarida va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar jumladan, nogironligi bor va boquvchisini yo'qotgan oilalardan xabar olish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida ham yig'ilganlarga ma'lumot berildi.
Ushbu seminardan ko'zlangan maqsad OTM va mahalla o'rtasidagi olib boriladigan ishlar yuzasidan yo'l xaritasini ishlash tartibi va samarali natija qayd etishga qaratildi.
QSXET fakulteti dekani Abdusaid Isakov, GTQ yoshlar yetakchisi Sultonov Umarbek, MFY yoshlar yetakchilaridan Boboqulovba Feruza ( Azamat MFY), Norimboyev Humoyun(Hamid Olimjon MFY), Xamzaev Abbos (Mirzakalon Ismoiliy MFY)lar qo‘shimcha so‘zga chiqishib o‘z mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat
va ma'rifat bo'limi xodimi M.Baratov axboroti
Universitet matbuot xizmati