TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

Dolzarb mavzudagi seminar

Yangi yilning ilk kunlaridan muhtaram Prezidentimiz iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan yig’ilish o’tkazdilar. Yig’ilishda eng murakkab bo’ginda suv resurslasini boshqarish bo’yicha mutasaddi rahbarlarning taqdimoti eshitildi. Muhokamalardan muhtaram Prezidentimizning 2024 - yil 5 - yanvarda “Quyi bo‘g’inda suv resurslarini boshqarish tizimizni takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5-sonli qarori imzolandi. Mazkur qarorning mazmun mohiyatini universitet professor-o’qituvchilar va talabalarga yetkazish, ularga qo‘yilgan mas’uliyat va vazifalar bilan tanishtitrish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari Qarshiyev Rustam Jo’rayevich taqdimoti eshitildi.

Taqdimotda Suv xo‘jaligi vazirligining tuman irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etilganligi,  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi, 2024 yildan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratilishi, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o‘zida to‘liq miqdorda berilishi, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplanishi, sug‘oriladigan yerlarda yangi bog‘lar, uzumzorlar va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan berilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Taqdimot yakunida seminar ishtirokchilari va vaziri o‘rinbosari o‘rtasida savollar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Seminar yakunida vaziri o‘rinbosari tomonidan fan-ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yanada mustahkamlash hamda uni yangi boshqichga olib chiqish takliflarni ilgari surildi.

“GM” fakulteti dekan o‘rinbosari S.Melikuziyev axboroti

Universitet Matbuot xizmati