Dolzarb mavzudagi o`quv-seminar
Universitetimizda professor o`qituvchilar va talabalarning doimiy ravishda sohadagi bilimini yangilash hamda dunyo bo`ylab qo`llanib kelinayotgan so`ngi texnologiyalar va metodologiyalar bilan tanishtirish maqsadida chet el va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda o`quv-seminarlar tashkillashtirilib borilishi sizlarga sir emas. Bu gal ham joriy oyning 1-3-noyabr sanalarida Fransiya elchixonasi hamda universitetimiz hamkorligida universitetimizning Fanni rivojlantirish va Innovatsiyalar Klasteri binosida “Gidrogeokimyo: yer osti suvlarining turli man
Seminarni Fransiyada suv resurslari, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atrof-muhit, texnologik jarayonlar va tahlili markazi, gidrogeolog va gidrogeokimist, fan nomzodi DEVAU Nicolas olib bormoqdalar.
Ushbu 3 kun davomida bo`lib o`tadigan o`quv seminari;
-Fransiyadagi gidravlik tizimlar va suv sifati
-Ichimlik suvi havzalarini himoya qilish: suv yig'ish joylarini to'ldirish;
-Turli manbalardan ifloslanish bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun foydalaniladigan yondashuvlar va vositalar to'plami;
-Yer osti suvlarining gidrogeokimyoviy fonini o'rganish: metallar va asosiy elementlardagi anomaliyalarni aniqlash;
-Loire-Brittany havzasidagi turli manbalardan er osti suvlarining ifloslanishi bo'yicha tadqiqotlar: nitratlar bilan bog'liq harakatlar;
- Yer osti suvlarida NO3 kontsentratsiyasining tendentsiyalari va tabiiy va antropogen ta'sir omillarining xususiyatlarni kabi qiziqarli mavzularni o`z ichiga oladi.
Ma`lumot o`rnida shuni ham aytib o`tishimiz kerakki, bu Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda o`tkazilayotgan oxirgi 15 kun ichidaga ikkinchi o`quv seminari bo`lib, hamkorligimizning davomi sifatida yaqin kunlarda universitetimizda Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda yana bir boshqa mavzuda o`quv seminari tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. Bizni kuzatishda davom eting va keyingi bo`ladigan seminar aynan sizni qiziqtrigan sohada bo`lishi mumkin.
Universitet matbuot хizmati