Dolzarb ekologik muammo
Dunyo tajribasida hozirgi vaqtda qattiq maishiy chiqindilarni haligacha axlatxonalarga (poligonlar) olib borish davom etmoqda: hosil bo’ladigan qattiq maishiy chiqindilarni MDX da 97%, AQSH da 73%, Buyuk Britaniyada 90%, Germaniyada 70%, Shvetsariyada 25%, Yaponiyada 30% poligonlarga olib borilmoqda.
Shu borada «E va SRB» kafedrasi assistentlari Sh. Shoergashova va B. Nasibov lar tomonidan SXTEB fakulteti, SXEX yo’nalishi 308-guruh talabalari bilan “Chiqindilarni boshqarish” fanidan ochiq dars tashkil etildi.
Talabalar "Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish bo’yicha chet-el davlatlarning tajribasi" mavzusida kichik guruhlarga bo’linib taqdimotlar tayyorlashdi va kafedra tomonidan sertifikat bilan taqdirlanishdi.
Universitet matbuot xizmati