Deputat va talabalar uchrashuvi
23 - noyabr kuni “TIQXMMI” MTU B-bino, 207-uquv xonasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari uchun “O‘zbekiston Ekologik partiyasi: maqsad va vazifalari” mavzusida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aminov Nosirjon Xasanbaevich, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni bo‘lim boshlig‘i Alixanova Gulsanam Omadjonovna, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi devoni bo‘lim boshlig‘i Ergash Moxinurxon Odilxon qizi ishtirokida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Ekologiya va Suv resurslarini boshqarish kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Tadbirni "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, tashrif buyurgan mehmonlar hamda mutaxassislarni tanishtirib o‘tdi. Ma’ruzachilar tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasining asosiy vazifalari, partiyaga a’zolik shartlari, partiya a’zosining huquq va majburiyatlari, partiya safiga qabul qilish shartlari va badallari xususida, shuningdek, parlamentda Ekologik harakat partiyasi deputatlarining faoliyatlari, soha bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunlar va tashabbuslar xususida keng qamrovli ma’lumotlar berib o‘tildi. Yig‘ilish savol-javoblarga va bahs-munozalarga boy bo‘ldi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Universitet matbuot xizmati