09.09.2022
Davr bank fuqarolik huquqiy shartnomalar asosida ishga taklif qiladi
Xususiy banklar reytingi bo‘yicha Respublikamizda 1-o‘rinda turadigan Davr bank ish yuritishni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Raximova Madina Muxitdinovna, ish yurituvi bo‘limi boshlig‘i Zakirova Moxira Zairovna hamda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan universitetning 3-4 kurs talabalarini bankka ishga taklif etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Bank xodimlari barcha mutaxassislik talabalari uchun yangi ish o‘rinlari yaratilib, ularni fuqarolik huquqiy shartnomalar asosida ishga taklif qilishdi, ish vaqti soat 14-00 dan 18-30 gacha, 0.5 stavka asosida 2 milliondan boshlab oylik maoshi to‘lanishini bildirishdi.