TIQXMMI yangiliklari

img
20.06.2022

Davoiy ulug’ shoirni esladi

2022 - yilning 20 - iyun kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar bilan birgalikda poytaxtimizning  “Adiblar xiyoboni”da O`zbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida "Shoir hayoti va ijodi" mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi ma`naviyat - ma`rifat markazi ”Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati a`zosi, Davoiy taxallusi bilan qalam tebratadigan iqtidorli shoir Botirov Nasriddin Bobomurodovich mehmon sifatida qatnashdi hamda o`zining ma`ruzasi bilan tadbir ishtirokchilariga ma`naviy ozuqa ulashdi. Ustozi Abdulla Oripov haqida to’lqinlanib so’zladi.

O’zining ijodiyotidagi she’rlardan o’qib berdi. 

                                      Universitet matbuot xizmati