TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Davlat siyosatiga aylangan masala

Xotin-qizlarni qo’llab - quvvatlash masalasi davlat siyosatiga aylangani bejiz emas. Universitetimizda Mirzo Ulug’bek tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminar xuddi shu maqsadga yo’naltirilgan.

Ushbu seminarda Mirzo Ulug'bek tumani hokimi Shavkat Ergashev ishtirok etib nutq so’zladi. Uning o'rinbosari oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Mirbabayeva Nasiba  “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga doir chora tadbirlar” haqida gapirdi. So'ngra Mirzo Ulug'bek tumani xalq qabulxonasi mudiri hokim o'rinbosari Faxriddinov Alim  jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash  haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. M. Ulug'bek  tumani maktabgacha ta'lim bo'lim mudiri  Madrahimov Bahodir boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning farzandlarini davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish haqida bir qancha ma'lumotlar berib o'tdi.

Universitet matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov barchani to’lqinlantiruvchi nutqi bilan masala mohiyatini ochib berdi. M.Ulug'bek xalq ta'lim bo'limi mudiri Ikromov Sherali xalq ta'limi sohasida davlat xususiy sheriklik ham ta'minlangan  oilalar xotin -qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish borasida o’z fikrlarini o’rtoqlashdi. Tadbir davomida M.Ulug'bek tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Sag'dullayev Abrorxo'ja hududlarda xotin-qizlar bandligini ta'minlagan tadbirkorlik subyektlarga beriladigan imtiyozlar haqida tanishtirish olib bordi hamda moliya bo'lim boshlig'i Ismailov Shomurod  turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy - joy bilan ta’minlash to'g'risida bir qancha tushunchalar berdi.

Tadbir yakunida universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi, professor Zuhra Karabayeva oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab -quvvatlashga doir ishlarni yanada takomillashtirish to'g'risidagi chora-tadbirlar haqida mufassal so'z yuritdi.

 

GM fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti

Universitet matbuot xizmati