TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2022

Davlat ramzlari yosh notiqlar talqinida

Dunyoni  goʻzallik qutqaradi, deyishadi. Insonning o‘zligi kabi uning so‘zligi ham ziynatli bo‘lshi maqsadga muvofiq.  Soʻz insonlar hayotining eng qutlugʻ mulki, bebaho gulidir. Shu guldan bol toʻplashga orzumand, notiq boʻlish ishqida kuyib yonayotgan iqtidorli, soʻzamol talabalarning navbatdagi "Notiqlik mahorati" kursi mashg‘ulotlari Agrobank xonasida boʻlib oʻtdi. Kun mavzusi sifatida Davlat ramzlari qabul qilingan kun va ularning bizning hayotimizdagi tutgan oʻrni nechogʻlik ahamiyatli ekanligi haqida suhbatlashildi. Notiq qaysi sohaning mutaxassisi boʻlishidan qatʼiy nazar hammamiz uchun burch boʻlgan davlat ramzlarini bilish, milliy gʻurur shaxsiy iftixor ekanligini barcha talabalar chin yurakdan yana bir bor his etishdi. Shukurullayev Toshpoʻlatning biz bilmagan davlat ramzlari haqida fikrlari bor ekan. Yangiliklardan boxabar bo‘lish yaxshida.

"TIQXMMI" MTU ning "Agrobank" xonasidagi mashg‘ulotning amaliy va jonli manzarasining guvohi bo‘lishimiz uchun ustoz R. Jumaniyozov  soat 16.30.da bizlarni Mirzo Uluğbek tuman hokimligi binosiga boshlab bordi. U yerda tuman faollarini, kasbiy faoliyatida fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan bir guruh rahbar va xodimlarni O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 30 yilligi "Esdalik nishoni" bilan taqdirlash marosimi tashkil etilayotgandi. Tadbirga shaxsan tuman hokimi ustoz Rahimboy Jumaniyozovni boshlovchi sifatida taklif etgan ekanlar. Taqdirlash va taqdirlanish tadbirida 150 dan ziyod ishtirokchi qatnashayotgandi. So‘ngra ustoz minbarga chiqdi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Irgashev Shavkatbek Turdiyevichlar qarsaklar sadosi ostida o‘z joylarini egallashdi. Ustoz xalqchil konstitutsiyaning mohiyati haqida so‘z ochib Shavkat Turdiyevichni mikrofon qarshisiga taklif etdi. Hokim barchani bayram bilan muborakbod etdi. So‘ngra 121 ta tuman faollari esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. Biz minbarga chiqqan notiqlarning nutq madaniyatiga rioya qilishi va fikrini ifodalashlarining  sho‘hidi bo‘ldik va o‘zimizga tegishli mulohazalarni yon daftarimizga qayd qilib qo‘ydik.

         Universitet matbuot xizmati