TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2024

Davlat attestatsiya imtihonlari davom etmoqda

2024 yil 10 iyun kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektorining “Yakuniy davlat attestatsiyalarini o'tkazish to'g'risida”gi buyrug'iga asosan, “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” va “Buxgalteriya hisobi va audit” ta'lim yo'nalishlari bitiruvchi 4 kurs talablari uchun Davlat attestatsiyasi imtihonlari o'tkazildi. Davlat attestatsiyasi imtihonlari belgilangan tartibda yuqori darajada tashkil etilib, imtihon raislari va komissiyalari tarkiblari to'liq ishtiroki ta'minlandi.

Davlat attestatsiyasi komissiyalari imtihonlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kungratbay Avezembetovich tashrif buyurdi. Vazir bitiruvchi kurs talabalar imtihonlarini kuzatdi, yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi, bitiruvchi kurs talabalariga kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyalari komissiyasi faoliyati yuqori darajada o'tkazildi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o'rinbosari J.Turdiyev ma'lumoti

  Universitet matbuot xizmati