TIQXMMI yangiliklari

img
10.06.2024

DAK imtihonlari davom etmoqda

Joriy yilning 8-iyun kuni "Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish" fakulteti 5111005-Professional ta’lim "Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish"  ta’lim yo’nalishi talabalari uchun yakuniy attestatsiyasi o’tkazildi. Jumladan, Professional ta’lim (Kasbiy ta’lim metodikasi, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi hamda Qishloq xo’jaligi mashinalari) fanlari bo’yicha DAK imtihonlaridan o’tdilar. Professional ta’lim "Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish" ta’lim yo’nalishi 4-kurs 406-guruh talabalari 4 yil davomida olgan bilimlari natijalarini ko’rdilar har bir talaba berilgan savollarga to’g’ri yondashib javoblarni taqdim qilib a’lo va yaxshi baholar bilan yakunlandilar.

DAK imtihonlarida rais: professor Xakimova M., Rахmаnova M.   komissiya a’zolari “Professioanal ta’lim” kafedrasi mudiri, dotsent Muqumova D.I., Ismoilova Z.K., katta o’qituvchisi Jumanov A.A., “Qishloq xo’jaligi texnika va texnologiyalar” kafedrasi dotsenti Jumatov Y., ishtirok etishdi. Imtixon yakunida barcha bitiruvchilarga samimiy tilaklar bilidirilib kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.

"Professional ta’lim" kafedrasi assistenti Zoxida Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati