CLAAS kompaniyasi bilan hamkorlik davom etmoqda
2022 yil 28 - aprel kuni «Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetimizga qishloq xo’jaligi texnikalarni ishlab chiqarish bo’yicha jahonda yetakchilardan bo’lgan Germaniyaning CLAAS kompaniyasining «CLAAS Central Asia Investment GmbH» bosh direktori Piter Andersson va savdolarni rivojlantirish bo’yicha direktori doktor Nils Roichlar tashrif buyurishdi. Yuqori martabali mehmonlar bilan rasmiy uchrashuv davomida universitet "Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash" fakulteti “Traktorlar va avtomobillar” kafedrasi laboratoriyasi uchun qiymati 60 000 yevrolik “Perkins” ichki yonuv dvigateli laboratoriya mashg’ulotlari olib borilishi maqsadida sovg’a sifatida topshirildi. Tashrif davomida kompaniya rahbariyati bilan kelajakda hamkorlikning keyingi bosqichlari bo’yicha ham kelishuvlar olib borildi.
"Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash" fakulteti dekani Qodir Shavozov axboroti
Universitet matbuot xizmati