TIQXMMI yangiliklari

img
15.12.2021

Chempionlik kamari muborak

2021 - yil 12-dekabr kuni Universitetimizning  Sirtqi bo‘limida tahsil oluvchi 2-bosqich talabamiz To‘g‘onov Oloviddin Sodirjon o‘g‘li Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan MMA sport musobaqasida 52 kg vazn toifasida mutlaq JAHON CHEMPIONLIGINI qo‘lga kiritib qaytdi. Sportchi  talabamiz yutuqlari universitetimiz rahbariyati tomonidan qutlandi. Prorektor R.Choriyev hamda Sirtqi bo‘lim  boshlig‘i B.Erkinovlarga chempionlik kamarini topshirdi va kelajakda yanada ko‘plab g‘alabalarini qo‘lga kiritishga va'da berdi.

                  TIQXMMI MTU Matbuot xizmati