TIQXMMI yangiliklari

img
22.06.2022

“Call center” hamda “Konsultatsiya xonasi” faoliyatidan

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash  muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 2022/2023-o‘quv yilida qabul komissiyasi faoliyati bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berishni ta’minlash uchun tashkil etilgan “Call center”  hamda “Konsultatsiya xonasi” abiturient va turli savollar bilan murojaat qilgan talabalar bilan gavjum bo'ldi.

Universitetda yangi ochilgan yo'nalishlar haqida ham ko'pgina iliq fikrlar telefon orqali bildirilmoqda va sezilib turibdiki bu yo'nalishlarning qiziquvchilari talaygina.

Eslatib o'tamiz, “Call center”  hamda “Konsultatsiya xonasi” 2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.

        "QSXET" fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola axboroti

Universitet matbuot xizmati