"Buyuk ipak yo'li" istiqbollar va hamkorliklar sari yo’l
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri professor Aybek Arifjanov ayni damda Xitoy fanlar akademiyasi taklifiga binoan akademiya qoshidagi Shinjon ekologiya va geografiya institutiga "Buyuk ipak yo‘li" istiqbollar va hamkorliklar sari yo‘l mavzusidagi ilmiy safarni amalga oshirmoqda.
Bugun safarning dastlabki kunida institut direktori birinchi o‘rinbosari Prof. Daoyuan Zhang xonim, Masofadan zondlash va GIS texnologiyalari kafedrasi mudiri prof. Tie Liu hamda institut olimlari hamda tadqiqotchilari bilan rasmiy uchrashuv olib bordi. Uchrashuvning asosiy maqsadi olib borilgan hamkorliklar, kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar va almashinuvlar muhokamasi bo‘ldi.
Universitetimiz professori A. Arifjanov ushbu institutda 18 Noyabrga qadar safarda bo‘lib, har tomonlama hamkorlik, professor, tadqiqotchi va talabalar almashinuvi, loyihalar, talim texnologiyalari almashinuvi, laboratoriya tadqiqotlar va boshqa turli hil masalalarda uchrashuv hamda tashriflarni amalga oshiradi.
Universitet matbuot xizmati