Buxoro va Samarqandga sayohat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida bizning universitet yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanatning boshqa turlariga qiziqtirishni oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar salmoqli hisoblanadi.
Shu maqsadda joriy yilning 29-30 aprel kunlari «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakultetining 3 kurs 309 - bosqich talabalari guruh murabbiysi t.f.f.d., (Phd) Kamoliddin Usmonov bilan Buxoro va Samarqandga tashrif buyurishdi.
Jamiyatni ma’naviy yuksaltirishda, milliy g‘oyani mus-tahkamlashda, talaba-yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda tarixiy obidalarning alohida o‘rni bor. Tarixiy obidalarni bejiz tarix, ma’naviyat va san’at xazinasi deb ta’riflashmaydi.
Albatta, bunday madaniy-ma’rifiy sayohatlar talabalar qalbida Ona-Vatan tarixiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi. Tashrif buyurgan talabalar juda katta boy taassurotlar bilan qaytishdi.
TIQXMMI MTU matbuot xizmati