TIQXMMI yangiliklari

img
15.06.2023

“Buvijonim kiygan liboslar” koʼrgazmasi tashkil etildi

Libos — kishining tashqi koʼrinishi, maʼnaviy dunyosi, tafakkuri hamda ichki xislatlarini oʼzida namoyon eta olish xususiyatiga egadir. Har bir kishi oʼzi kiygan libosi orqali boshqalar tasavvurida kim va qanday odam ekanligini koʼrsatib beradi. Bugungi kunda yurtimizda kiyinish madaniyatiga boʼlgan eʼtibor talab darajasi sifatida koʼrilmoqda.

Аyni kunlarda “Ommaviy madaniyat” taʼsiri ostida Yevropa mamlakatlarida hozirda urfga kirgan “yirtiq-yamoq” kiyimlarni biz koʼcha-koʼylarda yoshlarimizda ham koʼrib bormoqdamiz. Ochigʼi oxirgi paytlarda bularni koʼraverib, ajablanmay ham qoʼydik. Unversitetimizning “Yer resurslari va kadastr” fakultetining faol tashabbuskor talaba-qizlarimiz oʼrtasida “Buvijonim kiygan liboslar” nomli maʼrifiy tadbir va milliy liboslar koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi.

Unda unversitetimiz xotin – qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi Z.Karaboeva, fakultet xotin-qizlar kengash azolari va talaba-qizlar faollari ishtirok etishdi. Libos nafaqat insonning tashqi koʼrinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, maʼnaviyat va madaniyatning belgisidir. Momo va buvijonlarimiz kiygan milliy liboslar oʼzbek xalqining qadimiy va oʼchmas maʼnaviyati va boy qadriyatlari oʼz ifodasini topgan.

Tadbirni ochib berish uchun fakultet dekani Sh.Narbaev soʼzga chiqib, xotin-qizlar va yoshlarni qoʼllab-quvvatlab, milliy liboslar sanʼatini rivojlantirish, ommabop darajasiga olib chiqish, milliy liboslarning estetik qamrovini kengaytirish va milliylikni tarannum etishga xizmat qilishini eʼtirof etdi. Oʼzbek milliy qadriyatlarida kishining batamom insoniylik qiyofasi, xulqi, odobi va tarbiyasi mujassam topgan, — deydi tuman unversitetimiz xotin-qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi Z.Karabaeva.

Ushbu tanlovni oʼtkazishimizdan asosiy maqsad esa yoshlarimizni maʼnaviyatida tarixiy qadriyatlarimizga boʼlgan eʼtiborini oshirish, kelajakda ular barkamol inson boʼlib tarbiya topishiga erishishdir. Аlbatta, buning zamirida yoshlarimizning kiyinish madaniyatiga boʼlgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga oʼzbek milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi. Talaba-yoshlarni yot gʼoyalar taʼsiridan himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, urf-odatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash hamda talaba-qizlarni milliy liboslar kiyishga targʼib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur koʼrgazmada yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovni H.Eshova talaba-qizlarga mos yaratilgan, milliy va zamonaviy uslublar uygʼunlashgan liboslar namoyishlarida faol ishtirok etgan talaba-qizlarimizga savollar bilan murojat qilishdi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimiz yoshlarini munosib tarbiyalash, kiyinish va yurish-turish odoblarini oʼrgatish, “ommaviy madaniyat”ning salbiy unsurlari tarqalishini oldini olish, milliy liboslarning qulayligi, iqlimga mosligi va munosibligi keng targʼib etishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu kabi tabdirlar barcha fakulьtetilar oʼrtasida ham oʼtkazish mustahkamlash zarurligini taʼkidlab, ushbu tadbirni tashkil etgan tashkilotchilar Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovni H.Eshova, fakultet xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizova, fakultetlari tyutorlari S.Ibragimova, D.Xursandovaga, А.Xayitova hamda O.Аbdisamatovga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Unversitet  matbuot xizmati