TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

“Butunjahon yer kuni”ga bagʼishlangan tadbir

Yer - umummilliy boylik, uni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Maʼlumki, 2009 - yil 22 -aprelda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 63-sessiyasida “22-aprel – Butunjahon yer kuni ” sifatida nishonlanishi belgilangan. Respublikamizda har yili oliy taʼlim muassasalarida ushbu kunga bagʼishlangan tadbirlar va tanlovlar oʼtkaziladi.

Shu munosabat bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida 2022 yil “22 – АPREL – BUTUNJАHON YЕR KUNI”ga bagʼishlangan “Oʼzbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondoshuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi kadastr agentligi va Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirni “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Mirzaev, olib bordi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Orolboʼyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʼmitasi raisi Boriy Аlixanov, Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori oʼrinbosari, “Geoinnovatsiya markazi” direktori Аbdushukur Аbdullaev, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonovlar tashrif buyurishdi

Ushbu tadbir har yili unbversitetimizda oʼtkazish anʼanaga aylangan. 16-22 aprel kunlari “Bizning yer, bizning kelajak” shiori ostida, talaba-yoshlar oʼrtasida tanlov asosida tashkil qilinadi. Unda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va uning Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti va Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari ham ishtirok etishdi.

Unda barcha talaba-yoshlar “Bizning yer, bizning kelajak” mavzusida fotosuratlari koʼrgazmalari, “Er umummilliy boylik” mavzusida intellektual oʼyin, “Er bizning yagona uyimiz” mavzularida video filьmlar tanlovlarida faol ishtirok yetishdi.

Ushbu tadbirni oʼtkazishdan maqsad keng jamoatchilikning, xususan yoshlarning eʼtiborini yer resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, yerni muhofaza qilish bilan bogʼliq dolzarb muammolar hamda yer resurslarini saqlash borasidagi islohotlarga qaratilgan.

Hamda shu maqsadda oʼtkazilgan tanlovlar iqtidorli, bilimli yoshlarni saralashdan iboratdir. Tanlov nominatsiyalariga koʼra “Bizning yer, bizning kelajak” mavzusida 56 nafar talabalar fotosuratlari koʼrgazmalari bilan “Er umummilliy boylik” mavzusida 30 nafar jamoa intellektual oʼyinga hamda “Er bizning yagona uyimiz” mavzularida 41 nafar faol talabalar video filьmlar bilan ishtirok etdi.

Bugun ushbu tanlovda gʼolib boʼlgan talabalarni taqdirlash marosimi ham boʼlib oʼtdi. 3 ta nominatsiyaning 1, 2 va 3 - oʼrinlari boʼyicha pul mukofotlari, tashkilot va korxonalar tomonidan sovgʼalar bilan taqdirlanishdi.

Kadarstir agentligi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar tomonidan talaba va magistrantlar uchun “Karema kuni”ni ham tashkil qilindi. Unda iqtidorli tashabbuskor universitet talabalarining koʼrgazmalari namoyish etildi. Shuningdek, tadbir davomi universiteti Madaniyat saroyida Kadastr agentligi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan talabalar uchrashuvi va kontsert dasturi bilan yakunlandi.

 

YRB fakultetining dekan o’rinbosari Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati