Butunjahon suv kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston Ekologik harakati va “Ekosuv” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan Butunjahon suv kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda, sug‘orishda suvdan foydalanish koeffisiyentini 90-95 foizga yetkazish, an’anaviy sug‘orish usullaridan voz kechgan holda tomchilatib va boshqa suv tejovchi texnologiyalarini qo‘llashni yanada kengaytirish, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, yer osti suv resurslarini tahliliy aniqlash hamda muqobil suv manbalaridan (buloq, quduq, hovuz, yer osti suvlari va boshqalar) samarali foydalanish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylashni targ‘ib qilish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar yuzasidan tegishli choralari ko‘rish lozimligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilar tomonidan suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek tadbirda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv sarfini kamaytirish borasida izlanishlar olib borgan holda “ECOSUV” korxonasining yosh olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish tizimi” texnologiyasi va uning tajribalari yakunlari yuzasidan taqdimoti ham tashkil etildi.
Qayd etilganidek, ushbu texnologiyada qo‘llaniladigan suv quvurlarini ishlab chiqishda (shlang) ishlatilgan transport vositalari shinalaridan foydalaniladi.
Shuningdek, ishtirokchilarga TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida suvni boshqarish sohasida universitet olimlari, o‘qituvchi va talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy loyihalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir qatnashchilari universitet tomonidan tashkil etilgan Butunjahon suv resurslari kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan ham tanishishdi.
Tadbir yakunida Oliy Majlisi Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, O‘zbekiston ekologik harakati va “Ekosuv” MCHJ bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Memarandumga asosan universitet bilan hamkorlikda “Ecosuv” MCHJ stipendiyalarini “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari uchun joriy etish ko'zlandi