24.10.2023
Buni “ Bichak ” deyishadi
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich talaba qizlarimiz bilan 3- talabalar turar joyida pazandalik sirlari turkumidan navbatdagi uchrashuv tashkil qilinib, bunda ularga milliy taomlarimizdan biri bo‘lgan qishloqda “Bichak ” nomi bilan mashhur bo‘lgan taomni pishirishni o‘rgandik.
Bu taomni bahorda yalpizdan, kuzda qovoqdan tayyorlash mumkin. Juda mazali, foydali, chiroyli bichaklar ishtahani ochib yubordi. Uning shifobaxshligini aytmayszmi? Badanning quvvati taom bilan, ruhning quvvati kalom bilan deya bejiz aytilmaganda.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati