TIQXMMI yangiliklari

img
27.02.2022

Britaniya Kengashining “Aptis for Teachers” imtixoni “TIQXMMI” MTUda

   Joriy yilning  25-fevral sanasida  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Suv resurslarini tashkil etish va boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida Britaniya Kengashining “Aptis for Teachers” imtixoni tashkil etildi. Xalqaro imtixonni  “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani prof. Hakimov Rashid va “Ingliz tili” kafedrasi mudiri Begov Fayzullo ochib berishdi. Ushbu raxbarlar o‘z nutqlarida  professor-o‘qituvchilarning xorijiy til ko’nikmalarini yanada rivojlantirish   istiqbolli kelajakni ta’minlashini ta’kidlab o’tdilar. Tadbirni "Kasbiy Rivojlantirish Markazi" treneri  Go'zal Eschanova tashkillashtirdi.

 

   Barchamizga ma’lumki, “Aptis for Teachers” - bu ta'lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtixon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritish va test davomida xorijiy til ko’nikmlariga e'tibor qaratish imkonini beradi.Ushbu imtixonning afzalliklaridan biri uning qulayligi va hamyonbopligi, barcha aspektlar bir kunda tashkil qilinishi va 72 soat ichida natijalarni olish imkonini beradi.Ushbu tizimda o'qish, tinglash, grammatika va lug'at avtomatik ravishda baholanadi.Bu imtixon turi Britaniya Kengashi maxsuloti bo’lib, kompyuterda online rejimda tashkil qilinadi va  maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi, test formati bilan tanishish kifoya qiladi xolos. “Aptis for Teachers” - bu tillarni bilish bo'yicha test bo'lib, u CEFR(Common European Framework of Reference) ga muvofiq nomzodning haqiqiy ingliz tilini bilish darajasi haqida ishonchli ma'lumot taqdim eta oladi.

                                                                                                                                                                                                                Universitet Matbuot Xizmati