TIQXMMI yangiliklari

img
22.10.2022

Britaniya Kengashi: Buyuk Britaniya-O’zbekiston OTMlari hamkorligini yanada rivojlantirish

      Joriy yilning 17-oktabr sanasida Britaniya Kengashi Direktori Denise Waddingham tomonidan maxsus taklif asosida universitetimiz vakillari Britaniya elchisi Rezidensiyasidagi xalqaro tadbirda qatnashishdi. Ushbu xalqaro tadbirda universitetimiz rektori prof. Mirzayev Bahodir Suyunovich va bir qator xalqaro va milliy Oliy Ta’lim Muassasalari rektorlari, xalqaro expertlari qatnashishdi.

         Tadbirga Buyuk Britaniyaning nufuzli Oliy Ta’lim Muassasalari olimlari taklif qilinib, uchrashuvdan ko’zlangan maqsad O’zbekiston-Buyuk Britaniya xalqaro aloqalarining ikki tomonlama hamkorligida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan, tadqiqot va oliy ta’lim masalalaridagi istiqbolli rejalarini tuzishlariga zamin yaratish. Barchamizga ma’lumki, Britaniya Kengashi bu kabi xalqaro nufuzdagi tadbirlarni davriy ravishda tashkil qilib, har tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga O’zbekiston Oliy Ta’lim Muassasalarini qo’llab-quvvatlaydi.

    Tadbir davomida Buyuk Britaninyaning bir qator Oliy Ta’lim Muassasalariga stajirovkaga O’zbekiston Oliy Ta’lim  Muassasalaridan professor-o’qituvchilarni bir oylik va ikki xaftalik kurslarga yuborish, talabalar uchun yozgi kurslarni tashkil qilish, nafaqat xorijiy til o’qituvchilari uchun balki texnika yonalishidagi turli mutaxassis  fan o’qituvchilari uchun ham imkoniyatlarni kengaytirish to’g’risida muxokamalar bo’lib o’tdi.   

Universitet matbuot xizmati