TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2022

Boshqarma boshliqlari bilan uchrashuv

               Joriy yilning 15-noyabr kuni  "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti bitiruvchi talabalari bilan  “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi tashabbusi asosida  UzR SXV nasos stansiyalari energetika boshqarmasi (NSEB) boshligʻi O.Avdullayev boshchiligida viloyatlar nasos stansiyalari boshqarmalarining rahbarlari bilan sohada olib boriladigan islohotlar, nasos stansiyalarida innovatsion texnologiyalarni qoʻllash, shuningdek, oʻquv jarayonida talabalarning ekspluatatsion ishlab chiqarish amaliyotlarini, bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish va kelgusida ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha 7-o’quv zalida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

           Uchrashuvda fakultet dekani A.Isakov va yo’nalishlarning kafedra mudirlari, professor o’qituvchilar, bitiruvchi bosqich talabalari va magistrlar qatnashdilar. Yig’ilish davomida talabalar bilan faol muloqot olib borildi. Yig’ilish oxirida  NSEB boshliqlari  TJICHAB kafedrasining zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan tanishdilar, shuningdek fakultet dekani va professor o’qituvchilar ishlab chiqarish rahbarlariga talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha o’z takliflarini bildirib o’tdilar. Ishlab chiqarish va o’quv jarayini integratsiasi masalasi ko’rib chiqildi.

QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati