TIQXMMI yangiliklari

img
30.11.2022

Boshlash mumkin, bog‘lash mushkul

          Joriy yilning 29 - noyabr kuni "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "B" bino 109-Turonbank xonasida navbatdagi "Notiqlik mahorati" darsi bo‘lib o'tdi. "Og'zaki va yozma nutqni shakllantirish" mavzusida tashkil etilgan mazkur mazmundor darsda talabalar, hatto tyutorlar ham katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Barcha bittadan so'zni qog'ozga yozib, shu so'zga oid fikrlarni og'zaki nutq talabalariga amalga qilishga harakat qilgan holda jumlalar tuzishdi. Navbati kelgan kishi o'zidan oldingilarni ham fikrini mantiqan davom ettirib mulohazalarini davom ettirdi. Dars mashg'ulotida "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti tyutori Haydarov A'zam insoniylik mavzusida fikrlarini bildirdi.

          "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti tyutorlari Xudoynazarova Dilnavoz hamda Nuraliyeva Zilolalar ham bog'lanishli, mazmunli fikrlar aytib o'tishdi. Zeroki, ustoz Rahimboy Jumaniyozov ta'kidlaganidek, nutq madaniyatining qo‘sh qanotini yaxshi bilgan notiq doim zafar quchadi.  So‘zlash ma'rifatdan, tinglash madaniyatdan bo‘lsa anglash ma'naviyatdan ekani ularning suygan iborasidir. Mashg‘ulot ishtirokchilari boshlash mumkinligini, bog‘lash mushkulligini teran idrok etib mashq va topshiriqlarni puxta bajarishdi.

  "QSXET" fakulteti tyutori Z.Nuraliyeva axboroti

       Universitet matbuot xizmati