TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2022

Bo‘sh vaqtga vaqt yo‘q

      2022 yil 8 oktabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetiga qarashli 2-sonli Talabalar turar joyida Tarbiyachi boshchiligida "Irrigators" jamoasi va Ibrohimov No‘monjon tashabbusi bilan “QXM START” shiori ostida o‘tkazilgan Jenga musobaqasi, faol talabalarimizdan biri Sarvarbek tashabbusi bilan SHAXMAT va SHASHKA o‘yinlari o‘tkazildi.

Bunda talabalar bir-birlari bilan raqib sifatida kuch sinashdilar va madaniy hordiq chiqazdilar. “QXM” fakultetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz vaqtini mazmunli o‘tkazish kerakligini to‘liq anglab yetgan va har doim har xil turdagi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib turishlarini ta’kidlaydilar. Musobaqa  yakunida ishtirokchi talabalarga esdalik uchun diplom topshirildi.

 “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati