TIQXMMI yangiliklari

img
14.04.2022

Borodinning qalb mulkiga sayohat

Tarixiy mavzuda asarlar yozish bilan dong qozongan yozuvchilar nihoyatda ko'p. Ulardan biri Amir Temur davri, xususan Mirzo Ulug'bek hayoti bilan bog'liq tarixiy romanlari bilan mashhur bo'lgan yozuvchi bu Sergey Petrovich Borodindir. Uning Samarqand osmonida yulduzlar deb nomlangan romani tarixiy mavzuda bo'lib Amir Temur sulolasining o'rni va tarixda tutgan ro'li borasida yaqqol taassurot uyg'otadigan asardir. Uning nomi bilan bog'langan uy muzeyi ta'lim muassasamizning naqd yonginasida joylashgan. “Biz unga borib talabalar bilan doimiy ravishda uning moziy muhri ekanini anglatib, Sergey Borodinning  yozgan asarlari, yashash joyi bilan bog'liq holda ma’lumotlarni ulashishni o'zimizga doimiy vazifa qilib olganmiz, deydi tyutor Dilbar Egamova.

Ular boshchiligida GM fakultetining 215-guruh talabalari kuni kecha Borodin uy-muzeyiga tashrif buyurishdi. Tyutor D.Egamova talabalarning olam-olam taassurotlarga ega bolib qaytishganini ta’kidladi.

Universitet matbuot xizmati