“Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida
Yurtimizda kelajak avlodga alohida e'tibor qaratilayotgani hech kimga sir emas. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Narboyev, dekan muovini H.Eshova, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Z.Hafizova, “G va GI” kafedrasi dotsenti O`.Islomov, fakultet tyutorlarimiz S.Ibragimova, D.Xursandova, M.Vafoeva tashabbusi bilan “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan 21-mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv, xayriya tadbiri tashkillashtirishdi. Unda unversitet psixoligi M.Muhamedova va fakultet talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova ochib berdi.
U o'z so'zida “1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni bilan samimiy tabriklab, davlatimizda yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalash yo'lida kelajak avlodga alohida e'tibor qaratilayotgani, ularni aqlan va jismonan sog'lom voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganligi haqida to'xtalib o'tdi. Tadbir davomida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga Respublikamiz Prezidentining yosh avlodni hech kimdan kam bo'lmay, sog'lom va barkamol voyaga yetkazish yo'lida ko'rsatayotgan cheksiz g'amxo'rligi, bugungi kunda mamlakatimizdagi tinchlikni, asrab-avaylash kerakligi, bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar to'g'risida to'xtalib, bularni qadriga yetishni ta'kidladi.
Tadbir so`ngida fakultet professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari tomonidan yig'ilgan xayriya pullarida bolajonlar uchun sovg'a-salomlar ulashildi..
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati