Boʻlajak professional ta'lim oʻqituvchilari - mutaxassislik fanlaridan ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash jarayonida
Bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim va ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Ta'lim tizimidagi barcha islohotlar, barcha ta'lim yoʻnalishlari kabi, professional ta'lim (texnika soha yoʻnalishlari) boʻyicha kadrlar tayyorlash sohasiga ham aloqadordir. Mamlakatimizda samarali kasbiy ta’lim tizimini joriy etishga qaratilgan tub islohotlar natijasida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish2 ustuvor vazifasi belgilangan. Shu nuqtai nazardan bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning amaldagi metodikasi va o‘quv-uslubiy ta’minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda o‘zlashtirish natijalarini ob’yektiv baholash metodikalarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda Professional ta'lim (Qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash) yoʻnalishi 406 guruh talabalari bilan 25.01.2024 yil professor Z.Ismailova tomonidan “Maxsus fanlarni oʻqitishda faol usullar va texnikalardan foydalanish metodikasi” mavzusi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligi mashinalari”fani mavzulariga oid yoʻnalishlar boʻyicha ilgʻor texnologiyalardan foydalanish metodikasini tashkil etgan holda “Ustoz-shogird”tizimida dars tashkil etildi.
Dars noananaviy holda tashkil etildi. Darsda talabalar tomonidan soha yoʻnalishlariga xos mavzular tanlangan holda “Guruhlarda ishlash”, “Gsrsh-guruhga munosabat” texnikasidan foydalangan holda 4 ta pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda faol metodlardan “Pinbord”, “Insert”, “Vaziyatlardan chiqish”, “Aqliy xujum” usullaridan foydalanildi.
Bu jarayon oʻqituvchi tomonidan tashkil etildi va talabalar tomonidan ijro etildi. Dars jarayoni juda qiziqarli va sermazmun shaklda tashkil etildi. Shu bilan birga barcha talabalar fikri tiglandi , guruxlar tomonidan bir-birlariga savol javoblar tashlandi, soha buyicha va fan yuzasidan olingan bilimlar yanada kengaytirildi vaxolanki xamma talabalar ishtiroki ta'minlandi.
Bu esa boʻlajak oʻqituvchilar bugungi kun talabalari pedagogik faoliyatga tayyorgarlik jarayoni ham oʻz oʻrnida amalga oshirilib borildi. Chunki talabalar tomonidan amaliyot jarayonida oʻz oʻrnida professional ta'lim muassasalarida toʻgʻridan-toʻgʻri dars jarayonini tashkil etish masalasida ular uchun amaliy koʻnikmalar olindi desak mubolagʻa boʻlmaydi.