TIQXMMI yangiliklari

img
15.03.2022

"Bo'lajak olim-ilmiy g'oyalar" tanlovi g‘olibi

             Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan “Bo’lajak olim-ilmiy g’oyalar tanlovi” innovatsion g’oyalar tanlovi tashkil etilgan, unda respublika miqyosida turli yo’nalishlarda ilmiy-innovatsion yechimlarni aks ettirgan go’yalarni taqdirlash va ularni rivojlantirishga ko’mak berish nazarda tutilgan.

“Bo’lajak olim-ilmiy g’oyalar tanlovi”da universitetimiz “TJICHAB” kafedrasi 3-bosqich tayanch doktoranti  Ozodov E’zoz tomonidan ishlab chiqilgan “Intellektual suv tozalash uskunasi” loyihasi g’olib deb topildi.

Tanlov g’oliblari va innovatsion rivojlantirish vazirligi o’rtasida shartnoma imzolandi, bunda innovatsion ishlanma tajriba prototipi ishlab chiqish uchun moliyaviy rag’batlantirish berildi.

TJICHAB” kafedrasidagi “A&B engineering” innovatsion laboratoriyasida ishlanmaning prototipi muvaffaqiyatli yaratildi va 13-16 mart kunlarida Innovatsion rivojlantirish vazirligida tashkil etilgan forumda uning  taqdimoti bo’lib o’tdi.

                         Universitet matbuot xizmati