TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

Bokudagi universitet bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Ozarbayjon Respublikasining G‘arbiy Kaspiy universiteti bilan hamkorlik rishtalari o‘rnatildi. Kelishuvlarga universitet rektori boshchiligidagi delegatsiyaning Ozarbayjon Respublikasi Boku shahriga safari davomida erishildi.

Boku shahrida o‘tkazilgan uchrashuvni  G‘arbiy Kaspiy universiteti Guseyn Bagirov ochib berdi va universitet haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev ta’lim muassasasida olib borilayotgan o‘quv, ilmiy va slohiyatni oshirishga doir islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy konferensiya tashkil etish, hammualliflikda maqolalar chop etish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda kelishuvga erishildi.