Boburga ta'zim
Joriy yilning 14 fevral kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova mas'ulligida, "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi, fakultet jamosi tomonidan "Boburdek seving Vatanni" mavzusida ma'naviy - ma'rifiy, badiiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Yozuvchilar uyushmasi O‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i, II darajali Sog‘lom avlod uchun ordeni sohibasi, yozuvch Ma'mura Zohidova ishtirok etib, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, qoldirgan boy merosi haqida talabalar bilan sermazmun suhbat qurib, Bobur gazallaridan o'qib berdilar.
Shoiramizga esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbir davomida Bobur qalamiga mansub g‘azallar ijro etildi, ruboiy, g'azallaridan o‘qildi, sahnada shoir siymosi gavdalantirildi, go'zal kuy, qo'shiqlarga raqsga tushdilar hind raqslari ijro etildi.
Talabalar qalbida buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburga nisbatan faxr tuyg‘ularini tuydilar. Tadbir sermazmun, quvnoq tarzda o'tdi.
"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati