TIQXMMI yangiliklari

img
14.02.2024

Bobur kabi seving Vatanni

Joriy yilning 14 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  psixologi M.K.Muhammedova Xor jamoasining bir guruh yoshlari bilan  “Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik” mavzusida tadbir tashkil etdi. Jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma'lum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o'ringa ega ekani, shoirning o'zbek tili va adabiyoti rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak ma'naviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ijodining ahamiyati borasida fikrlar yuritildi. Ma'rifiy tadbir davomida talabalar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ruboiy va g'azallar o'qildi so'ngra Bobur qalamiga mansub “Keltursa yuz baloni o'shal” g'azali asosida bastalangan Rost maqomining savtlari tarkibiga kiruvchi “Soqinomai savti kalon” maqomini jo'r bo'lib kuylashdi. Tadbirdan maqsadimiz talabalar qalbida ajdodlarimiz merosiga hurmat uyg'otib, ular kabi ilmli ma'rifatli, madaniyatli va vatanparvar bo'lishga chorlash edi. O'ylaymanki o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erisha oldik. Talaba yoshlarimiz ajdodlarimiz kabi buyuk, o'z ishining ustasi bo'lib, Vatanimiz ravnaqiga o'z hissalarini qo'shadigan yetuk kadrlar bo'lib yetishishlaridan umidvormiz.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati