“Biz zo‘ravonlikga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati
Joriy yilning 11-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov, Yunusobod tumani IIOFMB Universitet huquq tartibot maskani profilaktika katta inspektori mayor Abzal Ubaydullayev, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.Gʻaniboyevalar talaba-yoshlar bilan “Biz zo‘ravonlikga qarshimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida “Qonunning maqsadi- mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berib, oilada, yoshlar orasida sodir bo‘ladigan jinoiy zo‘ravonlikdan himoya qilish, Insonning iqtisodiy-ma’naviy, huquqiy ongini yuksaltirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov аxboroti
Universitet matbuot xizmati