TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2022

Biz uchun muqaddas kun

      6-oktabr kuni YRB fakulteti 114-guruh talabalari ishtirokida guruh  rahbarimiz Egamova Dilbar  Haydarovna  bilan Olmazor tumanida joylashgan diniy yodgorliklardan biri Hazrati Imom ziyoratgohiga tashrif buyurdik. Majmua (XVI-XX asrlarda) imom Abu Bakir Muhamad ibn Ali Ismoil ash-Qaffol Shoshiy qabri atrofida shakllangan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston va me’moriy yo’dgorlik majmuasi Hazrati imom nomi bilan ataladi.

          Bu yerda  kitob rastatalari tashkil qilingan boʻlib, u yerda sharq adabiyotiga oid koʻplab qoʻlyozmalar xususan Islom dinining muqaddas kitobi Qurʼoni karimni bir qancha nusxalarini, hattoki ularni orasida Xalifa Usmon tomonidan tayyorlangan Qurʼoni karimni ham koʻrdik. Ushbu kitob bir qancha davlatlarda boʻlganini, buyuk bobomiz Amir Temur davrida yurtimizga olib kelingaligini muzey xodimi bizga aytib oʻtdi, undan tashqari biz juda katta bu maskan haqida bilimlarga, sir- sinoatlarga ega boʻldik. Kelgusida yana tashrif buyurishimizni mamnuniyat bilan aytib, safarimizni yakunladik va muzey xodimi aytib oʻtgan muzey haqidagi maʼlumotlarni oʻrtoqlarimizga ham ulashdik .

YRB fakulteti 114-guruh talabasi Moʻminova Muxlisa axboroti

Universitet matbuot xizmati