Biz sportni sevamiz
Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda, TIQXMMI MTU Talabalar turar joylari tizimida faoliyat olib borayotgan faol talabalar tashabbusi va mas'ul xodimlar qo'llab-quvvatlashlari bilan ko‘plab sport tadbirlari tashkillashtirilmoqda.
Kuni kecha 4-TTJ sardorlari Abdullayev Rahmatjon va Mamatqulova Sohibalarning taklifiga binoan, Tarbiyachi-pedagog Muxrunboyeva Surayyo boshchiligida "Biz sportni sevamiz" shiori ostida estafeta musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqa qizg'in kayfiyat va do'stona ruhda o'tdi. Sport sog'lik, do'stlik va hamjihatlik elchisi ekanligi tadbir misolida ko'rdatildi.
GM fakulteti 3-bosqich talabasi Mamatqulova Sohiba axboroti
Universitet matbuot xizmati