TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2023

Biz referendumga befarq emasmiz!

Konstitutsyaga o’zgartirish, yangiliklar kiritish bugunning dolzarb masalasidir. Zero, taraqqiyot va zamon shiddati, aholining huquqiy qarashlari ham bu hodisotni talab etmoqda. Aynan ana shu masalaga bag’ishlab “TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universitetining  “Turonbank” xonasida yig’ilish bo’lib o’tdi. Universitet prorektori Ruzimurat Choriyev mavzu yuzasidan gapirish uchun professor, Universitet Matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozovga gal berdi. Yangilangan Konstitutsiya - yaxshilangan qomus ekanligini alohida ta’kidlab referendumning mohiyati haqida to‘la ma'lumot berdi.

Jahon bo’ylab sodir bo’layotgan hodisotlar, dunyoviy o’zgarishlar bizning Konstitutsiyamizga ham bevosita ta’sir etmay qolmasdi, shu bois ham huquqiy asos bo’lmish Konstitutsiya yangilanishi lozimligi taklif loyihasi xalq muhokamasiga tashlandi va ikki yuz yigirma ikki mingdan ortiq takliflar bildirildi. Barqaror iqtisodiyot, samarali boshqaruv, xavfsiz davlat, ijtimoiy kafolat- bularning barchasi yangilangan Konstitutsiyada aksini topgan. Qolaversa, bu qonuniy hujjat mohiyatida inson manfaatlari barcha narsadan  ulug’ ekanligi asosiy o’rin kasb etadi.

Universitet Birinchi prorektori R. Choriyev ham o’z fikr-mulohazalarini bayon etib, yangilangan Konstitusiya mohiyatini birgina “oila” termini bilan bog’liq bandda keltirilgan mazmun bilan tushuntirib berdi. Xulosa qilish mumkinki, yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiyotdan dalolat.

    "Energetika" fakulteti tyutori Z.Nuraliyeva axboroti

    Universitet matbuot xizmati