Biz – birgalikda bir kuchmiz!
Joriy yilning 25 oktabr kuni “TIQXMMI” MTU “D” korpus 101 xonada universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova universitet Xor jamoasi a'zolari bilan birgalikda “Qo'shiqlar orqali birlashgan qalblar” mavzuida trening tashkil etdi. Tadbir jamoa a'zolarida bir-birlariga nisbatan izzat-hurmat, birdamlik hissini oshirish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda 1 kurs YeRB, GTQ, SXTEB va GM fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lgan folklor qo'shiqlardan biri “Hay yor-yor” qo'shig'ini jamoa bo'lib kuylash orqali guruh a'zolarining kayfiyatlarini pozitiv notaga sozlab olindi va tadbirning ikkinchi qismiga o'tildi. Tadbir davomida “Menga o'xshash mavjudot”, “O'nqir – cho'nqir”, “Alfavit”, “Men sizdan ............o'rgandim.” , “Kvadratni yig'”, “Kayfiyatingizning rasmini chizing”, “Biz birgamiz!!!” deb nomlangan bir – biridan qiziqarli trening mashg'ulotlari, proyektiv testlar o'tkazildi va natijalari interpretatsiya qilinib muhokama qilindi. Barcha ishtirokchilar ushbu tadbirda o'tkazgan vaqtlari uchun mamnun ekanliklarini va keyingi tadbir “Inson aurasi va energiyasi” mavzusida tashkillashtirilishi haqidagi takliflar bilan o'z yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati