Bitiruvchilarni ishga joylashtirish
Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetining 4-bosqich davlat granti asosida o’qiyotgan talabalari bilan joriy yilning 23-may kuni bitiruvchilarning ishga joylashtirish bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvni fakultet dekani Q.Shavazov, “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi xodimlari bilan birgalikda olib borishdi.
Uchrashuvda “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish” , “Professional ta’lim (Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash)”, “Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)”, “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash” ta’lim yo’nalishlarining bitiruvchi talabalari qatnashdi. Bitiruvchi kurs talabalariga yangi mehnat kodeksi va qarorlar bilan tanishtirildi. Bundan tashqari ishga joylashishda nimalarga e’tibor berish kerakligi va bitiruvchi talabalarda qanday imkoniyatlar mavjudligi to’g’risida ko’rsatmalar berildi.