Bitiruvchilarni ishga joylashtirish
Joriy yilning 20 - may kuni universitetda “Gidromelioratsiya” fakultetining Suv xo‘jaligi va melioratsiya, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish, Daryo va suv omborlari gidrologiyasi, Meliorativ gidrogeologiya, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha), Professional ta’lim (suv xo‘jaligi va melioratsiya), Suv xo‘jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov, “Gidromelioratsiya” fakultet dekani J.Ishchanov, fakultetni davlat granti asosida tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalari hamda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari qatnashdi. Bitiruvchilarga ishga joylashish bo‘yicha tushunchalar berildi. Suv xo‘jaligi tizimlarida mavjud o‘zgarishlar va bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.
Universitet matbuot xizmati