Bitiruvchilar uchrashuvi
2024 yil 18-may kuni “TIQXMMI” – MTU ning “Gidotexnika qurilishi” fa`kultetini bundan 40-yil oldin, ya’ni 1984 -yil bitirgan kursdoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. “GTQ” fa`kulteti dekani muvoni A.Azimov mehmonlarga fa`kultet va kafedralarda talabalarga bilim berish jarayonlari, olib borilayotgan ma’naviy -ma’rifiy va Ilmiy tadqiqot ishlari bo`yicha ma’lumotlar berdi. Uchrashuvda Milliy tadqiqot universitetini bitirganlar jamiyati bo`yicha ma’sul R. Ergashev, so’zga chiqib, bu jamiyatning vazifalari va oldiga qo’yilgan maqsadlari boyicha ma’lumotlar berdi.
Bitiruvchilar nomidan so’zga chiqqan Qaxramon Sharopovich Fatullaev “Bitirganimizga 40 yil bo`libdi. Bu universitetda xozirgi kunda farzandlarimiz bilim olmoqdalar. Shu jumladan mening farzandim xam magistraturada o’qiydi. Biz respublikadagi oliy o’quv yurtlari orasida 1-o’rinni egallab turgan tabarruk dargohni bitirganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz” - deb fikr bildirdi.
Mexmonlar o’quv laboratoriya xonalarida va universitetning tarixi bo`yicha tashkil etilgan muzeyda bo’ldilar.
Bitiruvchilar uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi tashkil etilganligi uchun universitet raxbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.