TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2022

Bitiruvchi magistrantlar - istiqbol tayanchi

Oilaning totuvligi yurt tinchligida muhim omildir. Oiladagi  totuvlik  esa  ham ma’naviy ham moddiy erkinlikka erishilgan muhitga ham bog’liq bo‘ladi. Universitetimiz rahbariyati talaba va magistrantlarning nafaqat ma’naviy salohiyati, balki moddiy ta’minoti haqida ham jon kuydiradi. Bugungi yig’ilish shunday niyatda bo’lib o’tgani fikrimizning dalilidir.

 "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining 2021/2022 o'quv yilida bitiruvchilarini ishga taqsimlash va joylashtirishni ta'minlash to'g'risidagi 147 a/f buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet O’quv ishlari bo’yicha prorektori B.Xudayarov, Magistratura bo’limi dekani A.Yangiyev hamda Marketing bo’limi boshlig’i X.Xayitovlar bitiruvchi magistrantlar bilan uchrashdilar. Ularning har biri bilan diplom himoyasidan so’ng qanday tashkilotda ishlashlari, kelajakdagi maqsadlari haqida batafsil savollar berishdi. Ish qidirayotgan bitiruvchilarga esa Universitetda bo’sh ish o’rinlari hamda Universitet tasarrufidagi institutlardagi bo’sh ish o’rinlariga https://vacancy.argos.uz/ orqali tanlovda ishtirok etib ishga joylashishlari haqida ma’lumotlat berildi.

“Universitetimizda  bo’sh ish o’rinlari mavjud, ayniqsa, sizdek bilimli, faol yoshlarni ishga olishdan mamnunmiz, sizlarni bitiruvchilar emas balki endi hamkasblarimiz deb atasak ham mubolag’a bo’lmaydi” - deydi, o’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Xudayarov o’z so’zlari so’ngida.

Universitet matbuot xizmati