TIQXMMI yangiliklari

img
22.06.2024

“BITIRUVCHI - 2024” tadbiri

Universitetimizning madaniyat saroyida quvonchli va hayajonli daqiqalarga boy bo‘lgan tadbir tashkil etildi.  Madaniyat saroyidagi katta ekranda “Bitiruvchi - 2024” yozuvi tushirilgan taqdimot o‘rnatilgan va o‘ziga xos, tadbirga mos dekoratsiyalar bilan bezatilgan.

Zalda rektorat a’zolari, fakultet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota - onalari va barcha yaqinlari bilan jamuljam.

Universitetimizning o‘zagi “Yer resurslari va kadastr” fakultetida yetuklik diplomlarini topshirish tadbiri tantanali tarzda boshlandi.

Fakultet jami 208 nafar bitiruvchi diplomlarini qabul qilishga hoziru nozir bo‘lib turgan yoshlarni qutlash maqsadida universitet rahbariyati nomidan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xudoyorov Baxtiyor Alimovich minbarga taklif etildi.

 Bitiruvchilar va ularning ota - onalari tabriklandi. Samimiy tabrikdan so‘ng O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Xudoyorov Baxtiyor Alimovich va “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani Inamova Aziz Nizamovichlar birgalikda yetuklik diplomini egalariga topshirdilar.

Bitiruvchilar va ularning barcha yaqinlari tomonidan bildirilgan minnatdorlik izhorlari universitetimiz dotsenti Abduhakim Ahmedovning “Talabalik davrim mening” degan qo‘shig‘i bilan uyg‘un holda tadbir yakuniga yetdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI