TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2023

Birlashgan o'zar!

Joriy yilning 19 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU Yoshlar masalalari va ma'naviy- ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R.Q.Choriyev, universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova hamda Madaniyat saroyi direktori  J.Komiljonovlar boshchiligida “Talabalikka bag'ishlov” tadbiriga GTQ, Iqtisod, YeRK, GM, QXM  fakultetlari 1-2 kurs talabalari bilan bir necha kunlardan buyon tayyorgarchilik tadbirlari olib borilyapti.

Inson umrining eng unutilmas onlari talabalik davriga to'g'ri keladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu fikr zamirida ulkan ma'no mujassamligi barchamizga ayon. Atoqli adib Pirimqul Qodirovning mashhur “Uch ildiz” romanining asosiy g'oyasida inson talabalik davrida hayotga uchta ma'naviy ildiz otmog'i lozim, deya ta'kidlangan. Bular:

1. Haqiqiy inson bo'lish;

2. Puxta bilim egallash; 

3. Sevgiga sadoqat ruhida kamol topish;

  

Ana shunday baxtga musharraf bo'lgan yoshlarning qalbida haqiqiy inson bo'lish, puxta bilim olish; sevgisiga, Vataniga, Oliygohiga bo'lgan mehr-muhabbatni kuchaytirish maqsadida “TIQXMMI” MTU ga o'qishga qabul qilingan talabalar uchun har yili “Talabalikka bag'ishlov” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazilishi o'ziga xos an'anaga aylanib qolgan. Barcha ma'naviyat bo'limi rahbari va xodimlari imkoniyatlarining boricha bu yilgi tadbir yanada ko'tarinki ruhda o'tishi uchun tinmay harakat qilishyapti. Talabalarimiz ham ushbu tadbir chiroyli o'tishi uchun o'z hissalarini qo'shish uchun tinmay harakat qilishayotgani quvonarli holat. Ertangi tadbirning barcha ishtirokchilariga omadlar tilaymiz! 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati