Birinchi tashabbus ijrosi
"Yer resurslarini boshqarish" fakultetidagi tadbir e'tiborga molik bo‘ldi. Unda Toshkent transport universiteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini F.Islomovna va Buxoro davlat unversiteti talabasi Z.Raxmatovalar oʼzlarining ijodiy minatyura asarlari bilan tashrif buyurishdi. Unversitet xotin-qizlar kengashi raisi oʼrinbosari Z.Hafizova, fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyisa dekan muovini H.Eshova hamda fakultet tyutorlari S.Ibragimova, M.Vafoiva, D.Xursandova, M.Maʼsharipovlar tashabbusi bilan oʼtkazilgan tadbir barcha talabalarga manzur boʼldi.
Tadbirni fakultet dekani Sh.Narbaev kirish soʼzi bilan ochib berdi. U nutqida rassomchilik va minatyura sanʼati haqida talabalarga maʼlumot berib, tadbir mehmoniga soʼz berdi. Zuxra Raxmatova oʼzi chizgan minatyura sanʼati asari toʼgʼrisida talabalarga maʼlumotlar berib oʼtdi. Suhbat davomida talabalar bu sanʼatning yaratilishi haqida batafsil maʼlumotlar olish uchun mahorat darsi ham oʼtkazildi. Tadbir so‘ngida Buxoro davlat unversiteti talabasi Zuxra Raxmatova oʼz qoʼli bilan yaratgan sanʼat asarini estalik sifatida fakultetimiz jamoasiga da sovgʼa qildi. Ushbu tadbir talabalarga katta taassurot qoldirdi.
Universitet matbuot xizmati