TIQXMMI yangiliklari

img
21.04.2022

 Birinchi qo’shma anjumani natijalari

         2022 - yil 18-20 - aprel kunlari Asia Hub va CASCADE (Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarini rivojlantirish bo’yicha qishloq xo’jalik universitetlari konsortsiumi) qo’shma yillik anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirning asosiy maqsadi xalqaro sheriklik, hamkorlik va bilim almashish orqali suv-energiya-oziq-ovqat neksusida (integratsiyasida) paydo bo’layotgan muammolarni iqlim o’zgarishi sharoitida hal qilishdir

Asia Hub tarmog’i tashkilotchisi va Michigan Shati Universitetining Global o’zgarish va yerni zondlash markazi direktori, professori Jiaguo Qi

Ushbu yig’ilishda Asia Hub va CASCADE konsorsiumiga kirgan hamkor universitetlar ishtirok etdi. CASCADE konsorsiumi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlaridagi 20 ta oliy ta’lim muassasini o’z ichiga olgan. Tadbirda 19 davlatlardan 45 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Tadbir davomida jami 135 kishidan ziyod ishtirokchilar faol qatnashib, 40 dan ortiq taqdimot va nutqlar bilan chiqdilar.

Taylandning Qirol Mongkuta nomidagi texnologiya universiteti prezidenti, professor Tia Suvit

 

Ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasining Nankin qishloq xo’jaligi universiteti prezidenti, professor Fadi Chen, Taylandning  Qirol Mongkuta nomidagi texnologiya universiteti prezidenti, professor Tia Suvit va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, CASCADE konsorsiumi raisi, professor Bahodir Mirzayev so’zga chiqdi

Xitoy Xalq Respublikasining Nankin qishloq xo’jaligi universiteti prezidenti, professor Fadi Chen

Bahodir Mirzayev TIQXMMI MTU haqida umumiy ma’lumot berdi. Xususan, universitet muhandis kadrlarni chiqarish bo’yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilishi, 2021 yildan unga Milliy tadqiqot universiteti maqom berilganligi hamda universitetda olib borilayotgan ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsiya integratsiya jarayonlarini tushuntirdi. Shuningdek, TIQXMMI MTU QS reyting agentligining 2021 - yil bo’yicha mintaqaviy darajada tuzilgan ro’yxatida 211 o’rinni egallashi va hozirda dunyoning TOP-1000 universitetlar qatoriga kirish maqsadi qo’yilganligini hamda dunyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiMilliy tadqiqot universiteti rektori, CASCADE konsorsiumi raisi, professor Baxodir Mirzayev

18 - aprel kuni tadbir davomida CASCADE konsorsiumining ijroiya kotibi, EcoGIS markazi rahbari, professor Alim Pulatov konsorsiumning tashkil etilishi, uning maqsadi hamda erishgan yutuqlari va tajribalari haqida taqdimot o’tkazdi. 19 - aprel kuni professor Alim Pulatov “Markaziy Osiyodagi ekologik muammolar hal qilish” mavzusida taqdimoti bilan ishtirok etdi. Taqdimotda ekologik muammolarni bartaraf etishda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha ma’lumot berdi.

CASCADE konsorsiumining ijroya kotibi, EcoGIS markazi rahbari, professor Alim Pulatov

3 kun davom etgan anjumanda Asia Hub hamkorlari tomonidan erishilgan yutuqlar, Future Earth NEXUS KAN loyihasi doirasida hamkorlikni o’rnatish, kelajakdagi tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlari, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda tarmog’ning kelajak rejalari haqida muhokama qilindi.

Anjuman yakuniy qismida professor Jiaguo Qi, uch kun davom etgan anjumanda quyidagi natijalarni ta’kidlab o’tdi:

  1. Future Earth, NEXUS, MAIRS-Future Earth, CASCADE, CESRA, CORDEX xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik kuchaytirildi;
  2. Yangi tadqiqot tashabbuslari kiritildi, jumladan hamkorlikdagi tadqiqotlarni o’rnatish, qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish.

Tadbir bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni EcoGIS markazidan olishingiz mumkin.

 Xabibullo Pirmatov, EcoGIS markazi dotsenti axboroti

Universitet matbuot xizmati