TIQXMMI yangiliklari

img
07.09.2022

Birinchi kurs talabalari bilan ilk uchrashuv

Joriy yilning 6 - sentabr kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti ma'ruzalar zalida  universitet psixologi M.K.Muxamedova, YeRB tyutori D.Egamova va YeRB fakulteti  yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshovalar 1 – kurs talabalari bilan talabalikka qabul qilish kechasiga tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Tadbirda universitetimizda xor jamoasi mavjudligi, xohlovchi talabalar shu guruhga a'zo bo'lishlari haqida ma'lumot berildi . So'ngra talabalar oliygoh madhi matni va musiqa yo'nalishi bilan tanishtirildi.  

Tadbir davomida qo'shiq kuylash "to'g'ri" tebranishlarni tanaga yetkazishi, bu esa hayotiy faollikni oshirishi;  qo'shiq aytgan inson miyasida tinchlik va quvonchni his qilishiga yordam beradigan maxsus kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishi;  qo'shiq aytish qon aylanishini yaxshilashi, bodomsimon bezlar va ko'plab limfa tugunlarga foydali ta'sir ko'rsatishi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbirda YeRB fakulteti tyutori D.Egamova va YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshovalar faol qatnashishib o'z fikr va mulohazalarini talabalarga bayon etib o'tishdi.

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati